JST 2017 yilgi jahon savdo hajmi o‘sishini 3,6 foizgacha oshirdi

Iqtisodiyot 16:57 / 21.09.2017 6003

Jahon savdo tashkiloti dunyo savdo ko‘rsatkichi o‘sishiga doir taxminlarini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 2017 yilda jahon savdosi 2,4 foiz emas, 3,6 foiz o‘sadi, deyiladi tashkilot saytida e'lon qilingan bayonotda. 

JSTning 2017 yil uchun avvalgi taxmin 2,4 foizni tashkil etgan edi. Bunda 1,8 foizdan 3,6 foizlik chegara belgilangandi. Ekspertlar strategik va iqtisodiy ishonchsizlik mavjudligini qayd etishgan edi. Yangi baholash Osiyo mamlakatlari mintaqasi hamda Shimoliy Amerikada savdo hajmi keskin oshishi bilan bog‘liq. 

JST global savdo miqdori yanada o‘sishi hamda 3,2-3,9 foiz oralig‘idagi raqamni tashkil etishi mumkinligini inkor etmayapti. Ammo mamlakatlar savdo siyosati o‘zgarishi, tabiiy ofatlar hamda geosiyosiy keskinlar oqibatida pasayish ehtimoli ham yo‘q emas. 

JST taxminlariga ko‘ra, 2018 yili jahon savdo hajmi 3,2 foizga o‘sishi mumkin. Uning oralig‘i 1,4-4,4 foiz o‘rtasida bo‘ladi. Bunda global YaIM 2,8 foizlik barqaror o‘sishni saqlab qoladi. 

Ko‘proq yangiliklar: