Xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadigan sana ma'lum

O‘zbekiston 16:15 / 21.09.2017 55628

Bugun, 21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida joriy yil 5 iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning vatandoshlar bilan «to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti» chog‘ida bildirilgan muammolar va taklif-mulohazalar bo‘yicha milliy va xorijiy OAV vakillari hamda keng jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda xabar berilishicha, 2019 yil 1 yanvardan xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadi hamda xorijga chiqish uchun biometrik pasport joriy qilinadi.

Endilikda, faqat Toshkent shahridagi barcha tuman va viloyatlar markazida rasmiylashtirilib kelingan xorijga chiqish stikerini Respublika bo‘ylab yangi tashkil etiladigan 230dan ortiq IIB bo‘limlari tarkibida ish o‘rinlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, brifing davomida qisqa davr ichida jami 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani haqida ma'lumot berildi.

Ko‘proq yangiliklar: