Xitoy TIV: Eronning yadro kelishuvidan chiqishi xaosga olib keladi

Jahon 18:39 / 21.09.2017 7948

Eron yadro kelishuvini tark etish yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro tartibga jiddiy zarba bo‘ladi va Yaqin Sharqda jiddiy tartibsizliklarga olib kelishi mumkin, degan Xitoy TIV rahbari Van I. U Eronning xalqaro vositachilar "oltiligi" vazirlari bilan uchrashuvida shunday fikrlarni ilgari surgan. Vazirlar uchrashuvi BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.  

"Dunyoda kamchiliksiz kelishuv mavjud emas. Barcha tomon kelishuvning ijobiy tomoniga e'tibor qaratishi kerak. Agar yarim yo‘lda to‘xtab qolinsa, bu xalqaro tarqatmaslik tartibiga jiddiy zarba bo‘ladi.Yaqin Sharqda esa yirik tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin", — degan Van I. Uning so‘zlari XXR tashqi siyosat mahkamasi saytida joylashtirilgan. 

Xitoy vazirining ishonch bildirishicha, har bir tomon to‘g‘ri xulosa chiqaradi va kelishuvni ijro etish uchun qulay muhit yaratadi. Van Ining qayd etishicha, Xitoy ushbu tarixiy kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi hamda uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishni davom ettiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: