Globo: Rio-de-Janeyroning sobiq gubernatori korrupsiyada ayblanib 45 yilga qamaldi

Jamiyat 11:04 / 21.09.2017 3427

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati gubernatori Serjiu Kabral 45 yil 2 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Globo telekanalining xabar qilishicha, shtatning sobiq rahbari korrupsiya, pullarni noqonuniy o‘tkazish va jinoiy tashkilotda ishtirok etishda aybdor deb topilgan. 

Tergov tomoniga ko‘ra, Kabral yirik kompaniyalarga shtat hokimiyati bilan bitimlar tuzish evaziga moliyaviy foydalar ko‘rgan. Bu shartnomalar qiymati o‘ta yuqori bo‘lib qolgani tufayli mintaqa zarar ko‘rgan. “Bir necha million saylovchining qo‘llab-quvvatlashi bilan hokimiyatni egallagan gubernator pul evaziga ma'lum bir imtiyozlarni taqdim etgan. U tadbirkorlarga Rio-de Janeyro aholisi bildirgan ishonchni pullagan. Shuning uchun ham uning aybi boshqa poraxo‘rlarning aybiga qaraganda og‘irroqdir”, - deyiladi sudya Marselu Bretas qarorida. 

Ushbu ish bo‘yicha yana 11 kishi aybdor deb topilgan va turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shu jumladan sobiq gubernator rafiqasi Adriana Anselmu ham 18 yilga qamaladigan bo‘ldi. 

2007-2014 yillarda shtatni boshqargan sobiq mulozim o‘tgan yil 17 noyabrda qo‘lga olingan edi. O‘shanda uning yirik davlat fondlarining mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilgandi. Keyinchalik, unga nisbatan korrupsiyaga aloqador 9 ta ish qo‘zg‘atildi. 

Ko‘proq yangiliklar: