FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Sport 16:19 / 21.09.2017 14843

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv vaqtida uni O‘zbekistonga taklif qildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«FIFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokalar yakuniga ko‘ra, O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurishga va'da berdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bu tashrif Janni Infantinoning FIFA prezidenti sifatida O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi. Bungacha tashkilot sobiq prezidenti Yozef Blatter O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

Ko‘proq yangiliklar: