FIFA prezidenti transferlar narxlarini «kalamushlar poygasi» deb atadi

Sport 10:16 / 21.09.2017 6014

FIFA prezidenti Janni Infantino transfer bozoridagi narxlarning keskinlik bilan ko‘tarilib ketishini «kalamushlar poygasi» deb atadi va bu muammo bilan birgalikda kurashishga chaqirdi.

«Biz transferlar muammosini birgalikda yechishimiz kerak. Agentlar va transfer darichalari uchun ma'lum bir qoidalarni, taklif etilishi mumkin bo‘lgan maksimal ish haqini belgilab qo‘yish lozim. Havoda uchib yurgan, biroq hech qachon jiddiy ko‘rib chiqilmagan ko‘p narsani qilish kerak. Men transferlar tufayli yuz bergan inflyatsiyadan tashvishdaman. Bularning bari menga klublar ishtirokidagi kalamushlar poygasini eslatmoqda. Bunday holat futbolga salbiy ta'sir qiladi.

Biz transferlar chempionatlarning yaxlitligiga ta'sir ko‘rsatmasligini kuzatib borishimiz lozim. Transfer darichalari ularning boshlanishiga qadar yopilishi kerak», - deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Yozda jahon transfer rekordi yangilandi. «PSJ» hujumchi  Neymarning transferi uchun «Barselona»ga 222 mln. yevro to‘ladi. Bundan avval esa yarim himoyachi Pol Pogbaning «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga 105 mln. yevro evaziga o‘tgani eng qimmat kelishuv sifatida baholanar edi.

Ko‘proq yangiliklar: