Diyego Kosta transferi bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Sport 20:10 / 21.09.2017 10342

«Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta «Atletiko»ga qaytayotgani rasman ma'lum qilindi.

Ikki klub ham futbolchi «Atletiko»ga o‘tishini tasdiqladi. Kosta yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va Madrid klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Transfer qiymati ochiq aytilmagan, xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» Kosta uchun 60 million yevro oladi. Ispaniyalik futbolchi yanvar oyiga qadar «Atletiko» safida maydonga tusha olmaydi.

Yoz davomida Kosta «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte bilan ziddiyatga bordi va klubni tashlab ketdi. U jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etmadi.

Ko‘proq yangiliklar: