Video: Prezidentning Amerikadagi vatandoshlar bilan uchrashuvi tafsilotlari

O‘zbekiston 14:00 / 21.09.2017 115633

20 sentabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qilgan 18 vatandoshdan biri Nodir Zokirov uchrashuvdan keyingi taassurotlari bilan «Amerika Ovozi»ga o‘rtoqlashdi.

— Taxminan bir soat davom etgan uchrashuv juda samimiy bo‘ldi. Amerikada mehnat qilayotgan o‘zbek vatandoshlari — turli soha egalari bilan qisqacha gaplashib chiqildi. O‘ylaymanki, bu aynan yosh kadrlarga Prezident tomonidan e'tibor va ilm-fan sohasida ishlayotgan kishilarning tajribasini O‘zbekistonga olib kelmoqchi bo‘lgani juda ham e'tiborga molik, — dedi N.Zokirov.

— Prezident «qanday takliflar bor?» deb so‘raganida, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar respublikaning hamma joyida bir xil bo‘lishini, jumladan poytaxt Toshkentda mavjud kommunal sharoitlar viloyatlarda ham bo‘lishi kerakligini aytdim. O‘zim qo‘qonlik ekanligimni aytib, Qo‘qonda qish mavsumida elektr energiyasi va gazda uzilish bo‘lishini aytganimda, Prezident kulib, gapimni bo‘lib: «Men o‘zim Qo‘qonga kuyov hisoblanaman, u yerda shunday muammolar borligidan juda yaxshi xabardorman. O‘zim ham xijolat bo‘lib yuraman. Bu yil Qo‘qonga gaz ham elektr chirog‘i ham uzluksiz yetkaziladi.», dedi.

Suhbatning to‘liq ko‘rinishini tomosha qiling:

Ko‘proq yangiliklar: