«Bernabeu»dagi fantastika! «Real» to‘xtatildi

Sport 07:41 / 21.09.2017 31089

Ispaniya chempionatining 5-turiga kelib, eng kutilmagan sensatsiya yuz berdi. Madridda mehmon bo‘lgan «Betis» g‘alaba qozonishi bilan birga «Real»ni oldida turgan rekorddan mahrum qildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasi davomida darvozalarga to‘p kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada esa «Betis» futbolchilari qarshi hujumda ajoyib harakat qilgan mehmonlar Sanabriyaning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Buyog‘iga mezbonlarning kuchi ham vaqti ham yetmadi.

Natijada ketma-ket 73ta o‘yinda gol kiritgan «Real» 74-o‘yinga kelib, bu natijasini to‘xtadigan bo‘ldi. 

Ushbu natijadan keyin «Real» 8 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketdi. Endi jamoa «Barselona» roppa-rosa yetti ochko ortda qolmoqda. 

Ispaniya La-ligasi, 5-tur

Real Madrid – Betis 0:1 (0:0)
Gol: 
Sanabriya (90+4).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo (Vaskes, 72), Karvaxal, Ramos, Isko (Asensio, 67), Kazemiro, Kroos, Modrich (Mayoral, 72), Beyl, Ronaldu.
Betis: Adan, Mandi, Durmisi, Barragan, Feddal, Fabian Ruis (Sanches, 80), Garsiya, Gerrero (Budebuz, 61), Kamarasa (Guardado, 44), Telo, Sanabriya.
Ogohlantirishlar: Telo (36), Mandi (38), Feddal (58).

 

Ko‘proq yangiliklar: