«Atletiko» g‘alaba qozonib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi (turnir jadvali)

Sport 12:03 / 21.09.2017 10500

Bilbaoda «Atletik» Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi o‘ynadi. «San-Mames»da kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 41-daqiqasida Arits Aduris penaltini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Anxel Korrea hisobni ochdi. 73-daqiqada Yannik Ferreyra-Karrasko ustunlikni oshirdi. O‘yin oxirida Raul Garsiya javob golini urdi.

Endilikda «Atletik» Bilbao 7 ochkosi bilan Ispaniya Primerasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinda, «Atletiko» qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozongach, ochkolari sonini 11taga yetkazgan va uchinchi o‘ringa joylashgan.

Tur doirasida yana bir uchrashuvda «Sevilya»  «Las-Palmas»ni qabul qildi. «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi - 1:0.

O‘yindagi yagona gol 83-daqiqada Xesus Navas hisobiga yozildi. Shu tariqa, andaluzlar jamoasi Primerada qatorasiga to‘rtinchi uchrashuvda g‘alabaga erishdi.

«Sevilya» endi 13 ochkosi bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, «Las-Palmas» 6 ochkosi bilan — 12-pog‘onada joylashgan.

Ispaniya chempionati, 5-tur
Atletik – Atletiko 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 55 Korrea, 0:2 – 73 Ferreyra Karrasko, 1:2 – 90 Raul Garsiya.
Atletik – Arrisabalaga, Inigo Lekue, Nunes, Laport, Balensiaga, San Xose, Iturraspe (Benyat, 56), Susayeta (Inyaki Uilyams, 56), Raul Garsiya, Muniain, Aduris (Kordoba, 79).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Savich, Godin, Filipe Luis (Lyuka Ernandes, 79), Koke, Parti, Saul, Gaytan (Ferreyra Karrasko, 60), Korrea (Gabi, 72), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Parti (25), Filipe Luis (39).

Sevilya – Las-Palmas 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 83 Navas.
Sevilya – Riko, Merkado, Parexa, Ker, Eskudero, Nzonzi, Kron-Deli (Banega, 76), Navas, Ganso (Vaskes, 62), Korrea (Sarabiya, 70), Ben-Yyedder.
Las-Palmas –  Chichisola, Masedo, Garsiya Santana, Artiles, Ximo Navarro, Akvilani (Gomes, 66), Santana (Toledo, 85), Vitolo (Momo, 58), Viyera, Dominges, Kaleri.
Ogohlantirishlar: Garsiya Santana (1), Merkado (44), Momo (76), Navas (89).

Leganes – Jirona 0:0 (0:0, 0:0)
Leganes – Kuelyar, Saldua, Mantovani, Siovas, Riko, Peres, Eraso, Brashanats (Ramos, 59), Shimanovski (Amrabat, 67), Pires, Bovyu (Moran, 83).
Jirona –  Iraysos, Xuanpe, Alkala, Munesa (Espinosa, 60), Maffeo, Pons, Granel (Duglas Luis, 72), Moxika, Garsiya, Kayode (Portu, 83), Stuani.
Ogohlantirishlar: Stuani (30), Xuanpe (64), Duglas Luis (73), Peres (78), Saldua (90).

Ko‘proq yangiliklar: