A seriya. «Napoli»ning niyati jiddiy, «Yuventus» va «Milan» amalladi

Sport 09:14 / 21.09.2017 4699

Italiya A seriyasining 5-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga yetdi. Unda ochko yo‘qotmasdan kelayotgan ikki peshqadam ham o‘z yurishini davom ettirdi.

«Napoli» «Latsio» mehmoni bo‘lib, avvaliga to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bo‘limda kiritgan to‘rt goli evaziga ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir peshqadam «Yuventus» «Fiorentina»ga qarshi kechgan uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Milan» liga debyutantiga qarshi ikki penalti yordamida yutuqqa erishdi.

Turning boshqa uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Italiya A seriyasi, 5-tur

Latsio – Napoli 1:4 (1:0)
Gollar: 
de Vrey (29) – Kulibali (54), Kalexon (56), Mertens (59), Jorjino (90, penalti).
Latsio: Strakosha, Bashtush (Marushich, 25), de Vrey (Murdjia, 46), Radu, Basta, Parolo, Leyva, Lulich, Luis Alberto, Milinkovich-Savich (Lukaku, 63), Immobile.
Napoli: Reyna, Madjo, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan, Jorjino, Gamshik (Zelinski, 73), Kalexon (Rog, 86), Mertens (Milik, 81), Insine.
Ogohlantirishlar: Radu (21), Mertens (25), Reyna (34), Jorjino (70), Leyva (79).

Benevento – Roma 0:4 (0:2)
Gollar: 
Djyeko (22, 52), Luchoni (35, avtogol), Venuti (74, avtogol).
Benevento: Belets, Letitsia, Venuti, Luchoni, Di Kyara, Memushay, Chibsa, Kataldi, Lazaar (Paridjini, 64), Koda (Armenteros, 75), Pushkash.
Roma: Alisson, Bruno Peres, Fasio, Jyezus, Kolarov, Pellegrini (Jyerson, 68), Gonalon, Strotman, Under (El-Shaaravi, 46), Djyeko, Perotti (Florentsi, 75).
Ogohlantirishlar: Di Kyara (56), Paridjini (84).

Milan – SPAL 2:0 (1:0)
Gollar:
 Rodriges (26, penalti), Kessie (61, penalti).
Milan: Donnarumma, Sapata, Bonuchchi, Romanoli, Abate, Kessie, Bigliya (Lokatelli, 82), Rodriges, Chalxanoglu (Bonaventura, 74), Andre Silva, Kalinich (Suso, 62).
SPAL: Gomis, Salamon, Vikari, Felipe (Skyavon, 71), Ladzari, Grassi (Skyattarella, 58), Viviani, Mora, Mattello, Antenuchchi, Paloski (Borrello, 62).
Ogohlantirishlar: Skyattarella (66), Skyavon (88), Romanoli (89).

Yuventus – Fiorentina 1:0 (0:0)
Gol:
 Mandjukich (52).
Yuventus: Shchensni, Sturaro (Lixtshtayner, 90), Rugani, Bardzali, Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Kuadrado (Bernardeski, 82), Dibala (Pyanich, 75), Mandjukich, Iguain.
Fiorentina: Sportello, Lorini (Brunu Gashpar, 51), Petstselya, Astori, Biragi, Badel, Veretu, Keza, Benassi (Jil Diash, 61), Tereo (Sanches, 69), Simeone.
Ogohlantirishlar: Bardzali (23), Lorini (37), Badel (50), Astori (64).
Chetlatish: Badel (66).

Udineze – Torino 2:3 (0:2)
Gollar: 
de Paul (48, penalti), Lazanya (75) – Belotti (9), Hadlvredsson (30, avtogol), Lyayich (67).

Kalyari – Sassuolo 0:1 (0:0)
Gol:
 Matri (59, penalti).

Atalanta – Krotone 5:1 (3:0)
Gollar:
 Petanya (5), Kaldara (25), Ilichich (38), Gomes (63, 74, penalti) – Tumminello (70).

Verona – Sampdoriya 0:0

Ko‘proq yangiliklar: