«Yuventus» akademiyasida fojia ro‘y berdi

Sport 11:00 / 20.09.2017 14105

Nyu-Yorkdagi «Yuventus» akademiyasi mashg‘ulotlari vaqtida 9 yoshli bola fojiali tarzda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Football Italia New York Daily News’ga asosan. 

Tommazo Cheraze darvoza to‘siniga qarab sakragan hamda uni ushlab olishga uringan, biroq darvoza qulab, uning boshiga tushgan. Bundan tashqari, bola sport zalining taxta poliga boshi bilan urildi. Tommazo olingan jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, bu vaqt zalda uch nafar ota-ona, «Yuventus» akademiyasining uch xodimi va qariyb 10 nafar bola bo‘lgan, biroq ulardan birontasi ham fojia qanday yuz berganini ko‘rmagan.

Ko‘proq yangiliklar: