Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qiladi

Jamiyat 09:38 / 20.09.2017 9464

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 16 sentabr kuni «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Ichki ishlar idoralari tizimida keng ko‘lamli islohotlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar idoralarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan bir qatorda tergov xizmati yo‘nalishini ham yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident tomonidan 2017 yil 10 aprel kuni qabul qilingan «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tashkil etilib, qo‘shimcha surishtiruvchi lavozimlari joriy etilgan.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasida mavjud bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarni jamlash maqsadida IIVning amaldagi buyrug‘i talablariga ko‘ra, 30 yoshdan oshmagan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan, oliy huquqshunos ma'lumotiga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, safarbarlik chaqiruvi rezervi harbiy xizmatini o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan, mahalla va yashash joyidan ijobiy tavsiflangan, tergov tizimlarida xizmat qilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga qabul qilamiz.

MANZIL: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Murojaat uchun telefonlar: 264-40-30, 269-16-41.

Ko‘proq yangiliklar: