Tezkor xabar: Meksikada yana yer silkinishi yuz berdi

Jahon 00:30 / 20.09.2017 12943

Meksikadagi Puebla-de-Saragosa shahridan uncha uzoqlikda bo‘lmagan hududda 7,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi, deb xabar beradi Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xodimlari. Mamlakat janub-sharqida kuzatilgan qattiq yer qimirlashida jabr ko‘rganlar va zarar hozircha aniqlanmagan.

Tabiiy ofat Meksikadagi mahalliy vaqt bilan soat 18:14da ro‘y berdi, uning epimarkazi Tepeoxuma aholi yashash punktidan 8 km uzoqlikda bo‘lgan. Qimirlash o‘chog‘i yer sathidan 60 km quyida yotibdi, deb taxmin qilinmoqda. Meksiko-siti atrofidagi bitta bino qulab tushgani ijtimoiy tarmoqlarda yangramoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu oyning boshida Meksida kuzatilgan 8,1 magnitudali yer silkinishi 90 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

E'tiborli jihati, roppa-rossa 22 yil avval, 1985 yil 19 sentabrda Meksika o‘z tarixidagi eng vayronkor zilzilani boshdan kechirgandi. O‘shanda Mexikoning markaziy va shimoliy tumanlari talofat ko‘rgandi. 8,0 magnitudali zilzila oqibatida turli ma'lumotlarga ko‘ra 7 mingdan 35 minggacha kishi halok bo‘lgandi, 30 mingdan ko‘proq odam jarohat olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: