Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoning eng og‘riqli va azaliy muammosiga to‘xtalib o‘tdi

O‘zbekiston 03:10 / 20.09.2017 112381

BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng og‘riqli va azaliy muammolardan biri, ya'ni Orol va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

"Markaziy Osiyo mamlakatlarining har tomonlama manfaatlarini hisobga olmay turib suv resurs muammolarini hal etishning muqobil yechimi yo‘q. O‘zbekiston preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT Mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzasida suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

E'tiboringizni zamonaviy davrning azaliy va og‘riqli ekologik muammolaridan biri - Orol fojiasiga qaratmoqchiman. Biz joriy yil BMT tomonidan taklif etilgan dastur bo‘yicha Orolbo‘yi aholisiga to‘liq yordam berish va ijtimoiy himoya qilishni boshlaymiz”, – deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida BMT agentliklari “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma dasturini ishga tushirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: