Shavkat Mirziyoyev Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qildi

O‘zbekiston 03:43 / 20.09.2017 37091

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qildi. Mamlakat prezidenti bunga asos qilib, yoshlarning soni ikki milliarddan ortib qolgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida ko‘rsatdi. 

Prezident dunyo yoshlari o‘rtasida zo‘ravonlik g‘oyasi tarqalishining oldini olish kerakligini, ularning huquq va manfaatlarini, turmushini ijtimoiy himoya qilish uchun dunyo xalqlaridan ko‘p tomonlama hamkorlik tashabbusi so‘ralishini aytib o‘tdi. Yoshlar huquqlarini bir me'yorda belgilash va uni himoya qilish globallashuv va axborot texnologiya rivojlanish davrining muhim sharti ekani ta'kidlandi. «Shuningdek, ushbu konvensiyani imzolagan a'zo davlatlar mamlakat ijtimoiy siyosatida yoshlar masalasini muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib, zimmasidagi katta mas'uliyatni ado etishi kerak», deb fikr bildiradi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida «O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi» tashkilotini tuzish taklifini ma'qulladi va ularga katta imtiyoz berilishi uchun tashabbus bildirdi, bir guruh yosh iqtidorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi, bir nechta serg‘ayrat yoshlarni yuqori davlat organlarida ish faoliyatini boshlash uchun sharoit yaratib berdi.

Ko‘proq yangiliklar: