Morgan Frimen Rossiyaga qarshi chiqdi

Jamiyat 14:58 / 20.09.2017 22534

Amerikalik aktyor Morgan Frimen yaqinda tashkil etilgan «Rossiyani tergov qilish bo‘yicha qo‘mita» notijorat davlat tashkiloti nomidan videomurojaat bilan chiqdi hamda AQSh demokratiyasini himoya qilishga chaqirdi.

«Filmning ssenariysi shunday deb faraz qiling: DXQ sobiq josusi o‘z Vatani «halokatga uchraganidan» qattiq g‘azablanib, o‘ch olish uchun yo‘l qidiradi. U alg‘ov-dalg‘ovlikdan foydalanib, Sovetlar Ittifoqidan keyingi davrdagi Rossiyada karera zinapoyasi bo‘ylab yuqoriga qarab ko‘tariladi hamda prezident bo‘ladi. U avtoritar rejimni o‘rnatadi va o‘z nigohini ashaddiy dushmaniga qaratadi», - dedi Friman.

Shundan so‘ng videorolikda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri paydo bo‘ladi hamda Morgan Frimen Rossiya rahbariyati demokratik davlatlardagi kishilarda OAV va siyosiy jarayonlarga shubha uyg‘otayotganini ma'lum qilgan.

«Bizga hujum qilishdi. Biz urush olib bormoqdamiz», - deydi aktyor rolik avvalida.

Bundan tashqari, Frimen AQSh prezidenti Donald Trampni Rossiya 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashganini tan olish, hamda demokratiyani himoya qilishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: