Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 139 kishiga yetdi

Jahon 09:10 / 20.09.2017 3268

Meksikada 19 sentabrda sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 139 kishiga yetdi. Bu haqda  Meksikaning avariya-qutqaruv milliy xizmati boshlig‘i Luis Felipe Puente tvitterda ma'lum qildi.

Eng ko‘p qurbonlar Morelosda qayd qilingan: ularning soni 64 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Mexikoda 36 kishi, Puebleda 29 kishi, Mexiko shtatida 9 kishi va Gerrero shtatida bir kishi halok bo‘lgan. 

Bloomberg axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, zilziladan talofat ko‘rgan hududlarda hammasi bo‘lib 20 mln kishi yashaydi. 

19 sentabrda yuz bergan 7,1 magnitudali zilzila jiddiy vayronalarga olib kelgan. Mamlakat poytaxti Mexikoda kamida 20 ta uy vayron bo‘lgan. Mexiko rahbariyati favqulodda holat tartibini kiritgan. Tabiiy ofat jamoat transporti ishini izdan chiqargan, xalqaro aeroport yopib qo‘yilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: