Meksikadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 200 nafardan oshdi

Jahon 09:32 / 20.09.2017 7644

Meksika qutqaruv xizmati rahbarining ma'lum qilishicha, Meksikada ro‘y bergan kuchli yer silkinishi oqibatida mamlakat poytaxtida halok bo‘lganlar soni 97 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan tabiiy ofat qurbonlari soni 204 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Bundan tashqari, 4,6 millionga yaqin odam elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan, deb xabar qilgan elektr energiyasi bo‘yicha federal komissiya (CFE) direktori Xayme Ernandes.

Avvalroq, elektr ta'minotidagi uzilishlar 3,8 mln kishi istiqomat qilayotgan hududni qamrab olgani xabar qilingan edi. "4,6 million kishi yorug‘lik manbaisiz qoldi", — deya CFE direktori so‘zlarini keltiradi Foro TV. Uning qo‘shimcha qilishicha, 60 foiz holatda elektr ta'minoti qayta tiklangan. 

Avval xabar berilganidek, 19 sentabr kuni Meksikada 7,1 ballik yer silkinishi ro‘y berdi. Meksika janubidagi kuchli zilzila ta'siri Mexikoda ham sezildi. 

Ko‘proq yangiliklar: