Madriddagi yangi stadion YeChL finaliga mezbonlik qiladi

Sport 21:00 / 20.09.2017 13693

2018/19 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Madridda o‘tkaziladi.

Radio Marca xabariga ko‘ra, Yevropadagi eng nufuzli turnir g‘olibini aniqlash uchun hal qiluvchi bahsga «Atletiko»ning yangi qurilgan «Vanda Metropolitano» stadioni mezbonlik qiladi. Madrid shahri bu vaqtgacha 4 marta Chempionlar ligasi finalini qabul qilgandi. Bu uchrashuvlarning barchasi «Santyago Bernabeu»da o‘tkazilgan (1957, 1969, 1980 va 2010 yillarda).

Avvalgi xabarlarda 2019 yilgi finalni qabul qilish uchun Madriddagi yangi stadionda VIP-lojalar soni kamligi to‘siq bo‘lishi, final Bokudagi Olimpiya stadionida o‘tkazilishi mumkinligi aytilgandi.

Endilikda Bokudagi stadion 2019 yilgi Yevropa Ligasi finaliga mezbonlik qiladigan bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: