Qator tovarlarga import bojlari 1 oktabrdan boshlab kamaytiriladi

Iqtisodiyot 09:52 / 20.09.2017 41835

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatga olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlarga import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyorlandi. Yangi tariflar 1 oktabrdan kuchga kirishi mo‘ljallangan.

Loyihada yirik va kichik qoramol, yirik qoramol go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yorma, un va boshqa mahsulotlarga import bojini bekor qilish taklif etilgan. Shuningdek, ko‘p pozitsiyalar bo‘yicha bojlarni hamda bir qator tovarlarga aksiz solig‘ini kamaytirish taklif etilmoqda.

Tariflarni qayta ko‘rib chiqish pul-kredit siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholi iste'mol talabini qondirish va ichki bozorda narxlar o‘sishining oldini olish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va tarkibiy qismlarni, xom-ashyolarni import qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: