Karib futbol ittifoqi rahbari 6 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Sport 09:41 / 20.09.2017 3153

FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi Karib futbol ittifoqi rahbari Gordon Derrikni olti yilga diskvalifikatsiya qildi. Antigua va Barbuda futbol uyushmasi bosh kotibi, funktsioner poraxo‘rlik, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish, sovg‘alar berish va qabul qilib olish, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanishda aybdor, deb topildi. Bu haqda VVS xabar bermoqda. Shuningdek, Derrik 30 ming Shveytsariya frankini jarima sifatida to‘lab beradi.

Amaldor Karib futbol ittifoqi prezidenti lavozimini 2012 yilning mayidan beri egallab kelgan. U bu ishda Trinidad va Tobago vakili Jyek Uornerni almashtirdi. Uornerga korrupsiya bilan bog‘liq ayblovlar tufayli bir umrga futbol faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: