Vashington va Seul Koreya yarim oroliga yadro qurolini qaytarish masalasini muhokama qildi

Jahon 10:11 / 19.09.2017 5198

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu bilan taktik yadro qurolini mamlakatga qaytarish masalasini muhokama qildi. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Gazetaning xabar qilishicha, Mettis ushbu masalani 30 avgust kuni janubiy koreyalik hamkasbi bilan uchrashganida muhokama qilganini tasdiqladi. Shu bilan bir vaqtda, u yadro qurolini qaytarish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashiga oydinlik kiritmagan. Son Yon Mu bu fikrni “o‘ylab ko‘rish lozim bo‘lgan muqobil yo‘l” deb atagan. 

Bundan avval Seul ma'muriyati Janubiy Koreyada yadro qurolini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmayotganini bildirgan edi. 

Amerika yadro quroli 1991 yili ikki Koreya davlati o‘rtasida yadroga qarshi deklaratsiya imzolanganidan so‘ng Janubiy Koreyadan olib chiqib ketilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: