Valverde jarohat olgani uchun Dembelening o‘zini aybladi

Sport 12:25 / 19.09.2017 9118

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde klubning yangi vingeri Usmon Dembelening jarohati borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

20 yoshli fransuz futbolchisi chap oyog‘ining mushaklaridan birining uzilib ketishi natijasida uzoq muddatga safdan chiqqan. Xabar qilinishicha, uning safga qaytishi uchun 3,5-4 oy talab qilinadi.

«Dembele jarohati? U bu jarohatni chetlab o‘ta olardi, deb o‘ylamayman. Bu futbolchi bunga qadar mushaklaridan jarohat olmagan va bu qanday jarohat ekanini bilmaydi. U tovoni bilan o‘ynashni istagani uchun shunday shikastlandi. Bu xuddi shunday tipdagi jarohatlar ichida eng xavflisi sanaladi. Tajribali futbolchi hech qachon bunday qilmagan bo‘lardi. Ular yaxshisi to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketavergani ma'qul deb hisoblardi.

Tarkibimizda uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Misol uchun Deulofeu, Vidal, Denis Suares, Andre Gomesh. Muqobil variantlarni qidirishda davom etamiz», – deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Ko‘proq yangiliklar: