Toshkent shahrida qurilgan zamonaviy yangi uylar bilan tanishamiz

O‘zbekiston 12:32 / 19.09.2017 79562

Poytaxtimizda so‘nggi yillar ichida juda ko‘plab yangi turar-joy majmualari barpo etilmoqda. Toshkent shahrining deyarli har bir tumanida bunyod etilgan va etilayotgan yangi, zamonaviy va ko‘rkam ko‘p qavatli uylarni ko‘rib, beixtiyor undagi xonadonlardan birini sotib olish istagi tug‘iladi.

Uybor.uz uy xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus qo‘llanma yaratdi. U orqali siz hozirgi kunda Toshkent shahrining har bir tumanida qad rostlagan yangi va ommabop binolar bilan yaqinroq tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Hozirgi vaqtda bir necha kompaniyalar Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish, foydalanishga topshirish va sotish bilan shug‘ullanmoqda. Har bir qurilgan turar-joylar shinam, ozoda bo‘lib, uyning atrofida bolalar uchun maxsus maydonchalar, mashinalar turargohi mavjud.

Foto: iStock

Undan tashqari, shahrimiz mehmonlari uchun yangi inshootda uy xarid qilish (agar xarid qilinayotgan uyining narxi minimal ish haqi miqdorining 2500 barobarga teng yoki undan ortsa) Toshkent shahrida propiskadan o‘tish imkonini beradi.

Uybor.uz saytida 26 dan ortiq «developerlardan» yangi inshootlar taqdim etilgan. Yangi inshootlar Toshkent shahrining barcha tumanlarida mavjud. Quyidagi jadvalda Toshkent shahridagi yangi inshootlar majmualari va binolari soni bo‘yicha 11ta ilg‘or developerlar ro‘yxati keltirilgan.

 

Developer

Majmualar soni

Binolar soni

Narxlar (1 kv.m. uchun)

GoldenHouse

11

42

4,3 mln so‘mdan

MuradBuildings

6

16

Kelishilgan narxda

RealHouse

4

7

3,5 mln so‘mdan

Yuka Stroy

2

24

4,5 mln so‘mdan

Nova Stroy

2

5

5.8 mln so‘mdan

Bauraum Group

1

13

4,6 mln so‘mdan

Nionil

1

12

5 mln so‘mdan

Zarafshan Buildings

1

10

3,45 mln so‘mdan

Somang Development

1

9

Kelishilgan narxda

Etalon Buildings

1

3

6 mln so‘mdan

Vita Alliance

1

2

4,2 mln so‘mdan

Toshkent shahrida yangi inshootlar bo‘yicha o‘rtacha narx hozirgi kunda 1 kv.m. uchun 5,4 mln. so‘mni tashkil qiladi. Bu esa ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxdan ko‘p xam farq qilmaydi.

Poytaxtda joylashgan zamonaviy uylar va ular haqidagi ma'lumotlar sizga qiziqarli bo‘lsa, fursatni boy bermang va xaridni amalga oshiring. Uybor.uz bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: