Suvo‘tlar sababli Alyaskadagi qor tezroq eriyotgani aniqlandi

Jamiyat 22:30 / 19.09.2017 3214

AQShlik olimlar suvo‘tlar sababli Alyaskadagi qor tezroq eriyotganini aniqlashdi. Bu haqda ular Nature Geoscience jurnalida ma'lum qilishdi.

Chlamydomonas nivalis qutb hududlarida chuchuk suvlarda o‘suvchi suvo‘tlar bo‘lib, pushti rangga ega. Olimlar suvo‘tlar rangi tufayli egallagan hududlar oddiy qordan ko‘ra ko‘proq issiqlik yutishini taxmin qilishdi. 

Ular suvo‘tlar bilan qoplangan bir nechta hududlarni ajratib, ulardan birini suv bilan sug‘orishgan, ikkinchisini esa o‘g‘it bilan to‘yintira boshlashgan, yana bir hudud suvo‘tlardan tozalangan.

O‘g‘itlar sababli suvo‘tlar 4 marta, suv evaziga esa 1,5 marta tezroq o‘sa boshlagan. Olimlar suvo‘tlar o‘sgan hududlarda 100 kun davomida muz qatlamining erish tezligini o‘lchashgan. Aniqlanishicha, suvo‘tlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, muz shunchalik tez erigan. Bundan tashqari, erigan suv suvo‘tlarni to‘yintirib, ularning o‘sishini yanada jadallashtirgan. 

Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, Alyaskada suvo‘tlar muz erishini o‘rtacha 17 foizga tezlashtiradi. Ularning fikricha, bunday holat boshqa muzliklarda ham kuzatilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: