Poroshenko: Ukraina qit'adagi eng kuchli armiyalardan birini 3 yil ichida yaratadi 

Jahon 10:20 / 19.09.2017 6272

Ukraina uch yil ichida qit'adagi eng kuchli armiyalardan birini yaratadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko ma'lum qildi.

«Men shunga ishonamanki, biz qit'adagi eng kuchli armiyalardan birini uch yil ichida yarata olamiz», - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltiradi UNIAN.

Shuningdek, Poroshenkoning aytishicha, AQSh Ukraina qo‘shinlarining kuchayishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Avvalroq Poroshenko Ukraina mudofaa byudjyetini milliard dollarga oshirgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: