Poroshenko: AQSh senati Ukrainaga mudofaa uchun 500 mln dollar ajratilishini ma'qulladi

Jahon 08:57 / 19.09.2017 3972

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, AQSh senati tomonidan ma'qullangan mudofaa byudjyeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Ukrainaga 500 mln dollar ajratishni nazarda tutadi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozgan.

«Hozirgina AQSh senati «2018 yilgi milliy xavfsizlik ehtiyojlari uchun AQSh byudjyeti to‘g‘risidagi Qonun» loyihasini ma'qulladi. U Ukrainani xavfsizlik hamda mudofaa sohalarida qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratilishini nazarda tutadi», - deya yozdi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi Kiyevga mudofaa ko‘rinishidagi uchar qurollar yetkazib berishga ruxsat beradi.

«Shuningdek, unda AQSh mudofaa byudjyeti mablag‘larini Qo‘shma Shtatlar tibbiy muassasalarida yaralangan ukrainalik harbiy xizmatchilarning reabilitatsiyasi, bizning davlatning havo va harbiy-dengiz kuchlari imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida foydalanishga imkon beruvchi bandlar ham bor», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Uning ta'kidlashicha, ilk bor qonunchilik darajasida Ukrainaga havo mudofaasining radiolokatsion vositalari va suv ostidagi vaziyatni kuzatish tizimlari, harbiy-dengiz minalarga qarshi vositalar, qirg‘oq yaqinida harakatlanuvchi va sohilni qo‘riqlash kemalarini taqdim etish taklif etilmoqda.

Avvalroq Ukraina 2018 yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini yanada oshirishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: