Neymar Kavani sotib yuborilishini istamoqda

Sport 22:10 / 19.09.2017 13208

«PSJ» hujumchisi Neymar Edinson Kavani sotib yuborilishini so‘ramoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik hujumchi parijliklar prezidenti Nosir Al-Xalayfiyga o‘zining urugvaylik futbolchi bilan bir-birini tushunib o‘ynashlari hech qachon bo‘lmasligini tushuntirgan.

Neymar «PSJ» yechinish xonasidagi asosiy yulduz ekanini yaxshi biladi, chunki aynan Al-Xalayfiy uni «Barselona»dan sotib olayotgan paytidayoq unga bu va'dani bergan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 6-turida «Lion»ga qarshi uchrashuvda ikki futbolchi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgandi. Avvaliga urugvaylik futbolchi jarima zarbasini amalga oshirmoqchi bo‘lganida, Dani Alves undan to‘pni olib qo‘ygan va Neymarga olib bergandi. Keyinroq esa belgilangan penaltini Kavani amalga oshirmoqchi bo‘lganida, Neymar bilan talashgan, oxir-oqibat urugvaylik futbolchi zarba berib, «nuqta»da xatoga yo‘l qo‘ygandi.

Ko‘proq yangiliklar: