Qozog‘istonda tuya bilan sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 10:15 / 19.09.2017 12384

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida Range Rover yo‘ltanlamasi tuya bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda

Politsiya mahkamasiga ko‘ra, avtohalokat “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” avtoyo‘lida 19 sentabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan. 

"43 yoshli olmaotalik ayol tomonidan boshqarilayotgan Range Rover Aydarli qishlog‘i yaqinida tuya bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Fojia joyida haydovchi ayol va 3 yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan. Beshinchi kishi shifoxonada jon bergan", — deyiladi viloyat ichki ishlar departamenti xabarida. 

Politsiyaning ma'lum qilishicha, egasi noma'lum tuya ham o‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, halokat sodir bo‘lgan yo‘l qismida qurilish ishlari yakunlangani yo‘q. Shu sababli bu yerda avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: