Kolumbiya prezidenti: Venesuelaga harbiy yo‘l bilan bostirib kirish qo‘llab-quvvatlanmaydi

Jahon 10:23 / 19.09.2017 5293

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvida ma'lum qilishicha, Lotin Amerikasi davlatlari Venesueladagi vaziyatning harbiy yechimini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

«Biz prezident Trampga yana bir bor tasdiqladik – istalgan harbiy aralashuv Lotin Amerikasi davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi», - degan Santos.

Avvalroq Tramp Venesuela bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: