AQShdagi eng yirik o‘yinchoq do‘konlari tarmog‘i bankrotlik haqida e'lon qildi

Jahon 13:16 / 19.09.2017 6752

AQShdagi eng yirik o‘yinchoq do‘konlari tarmog‘i bo‘lgan Toys 'R' Us sudga qarzni qayta tuzish uchun ixtiyoriy ravishda bankrotlik to‘g‘risida ariza yubordi. Bu jarayon kompaniyaning AQSh va Kanadadagi bo‘linmalariga tegishli bo‘ladi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, do‘konlarning o‘zi «daromad keltirmoqda» hamda ishni davom ettiradi. Toys 'R' Us bosh direktori Deyv Brendonning ishontirishicha, do‘konlar 2017 yilgi bayram mavsumiga tayyor.

Toys 'R' Us qarzdorligi 5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qarzning katta qismi 2005 yilda kompaniya aksiyalari qayta sotib olinganidan so‘ng paydo bo‘lgan.

Kompaniya qarzning bir qismini yopish uchun turli sarmoyadorlar bilan 3 milliard dollar ajratish haqida kelishib oldi. Kelishuv sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Toys 'R' Us tarmog‘i 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda butun dunyo bo‘ylab taxminan 1600 ta do‘konga ega. 2016 yilda kompaniya savdolari 11,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: