Valyutani EKIHning 500 baravari va undan yuqori summaga sotishda pasport talab etiladi

Iqtisodiyot 14:35 / 18.09.2017 17714

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi  kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarigao‘zgartirishlar kiritildi (2017 yil 5 sentabr). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Tuzatishlar bilan ular amalga oshirilganda banklar mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak bo‘ladigan bir martalik bank operatsiyalari miqdori oshirildi. Endi EKIHning 500 baravariga (ilgari – EKIHnig 100 baravari) teng yoki undan oshgan summa quyidagi hollarda lozim darajada tekshirish uchun asos bo‘ladi:

•  jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi sotilishida;
•  jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasining maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) boshqa chet el valyutasiga ayirboshlanishida (konversiya);
•  jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasining inkassoga va (yoki) ekspertiza uchun qabul qilinishida.
 
Ma'lumot uchun: tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: 

•  tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni; 
•  mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni; 
•  o‘rnatilgan ish munosabatlari yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va xarakterini o‘rganish;  
•  mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni.

Ko‘proq yangiliklar: