«Savdogarbank» valyuta ayirboshlash shoxobchalarida joriy etilgan qulayliklar haqida ma'lum qildi

Iqtisodiyot 09:35 / 18.09.2017 16680

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi №5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  farmoni qabul qilingani valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari ko‘rsatilishini ta'minlash maqsadida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta – so‘mga erkin ayirboshlashlari hamda o‘zlarining milliy valyutadagi mablag‘lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkin.

Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar singari Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki ham valyuta amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda quyidagi qulayliklarni joriy etmoqda.

Bank filiallaridagi  valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali  AQSh dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya iyenasi hamda Shveytsariya franki ko‘rinishidagi chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari hech qanday cheklovlarsiz sotib olinmoqda.

Foto: Savdogarbank

«Savdogarbank»da chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to‘lov  100 ming so‘mni  tashkil qilib, chet el valyutasini xarid qilish uchun mablag‘ naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, konversiya qildiruvchining plastik kartochkalaridagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 50 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag‘ karta egasiga tegishli bo‘lib, u chet el banklari tomonidan kartaga ko‘rsatilgan xizmat uchun mablag‘ yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ qoldig‘i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi.

Shuningdek, karta balansida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanganlik uchun bank komissiyalari miqdori 1 foizni tashkil etishini ma'lum qilamiz.

Bundan tashqari, chet eldan iste'mol tovarlarini olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslar kabi o‘zlarining milliy valyutadagi mablag‘lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega.
Bank mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, konversion kartani rasmiylashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi.

Mijozlarimiz o‘zlarining konversion kartadagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin.

Yurtdoshlar hamda bankimiz mijozlari!
«Savdogarbank» sizning ishonchli hamkoringiz!

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: