Saakashvili Ukrainada yangi inqilobni tashkillashtirmoqchimi?

Jahon 12:15 / 18.09.2017 10163

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining Vinnitsadagi mitingda ma'lum qilishicha, unda Ukrainada yangi inqilobni tashkillashtirish niyati yo‘q. Bu haqda «Gordon» nashri xabar bermoqda.

«Garchi men eski inqilobchi bo‘lsam ham, menda yangi inqilobni tashkillashtirish uchun hech qanday istak yo‘q», - dedi u.

Shu bilan birga, Saakashvilining aytishicha, «butun Ukraina bo‘ylab safar qilish va talablarni yig‘ish niyatida».

«Shundan so‘ng bu talablar Oliy rada va oliy chayqovchiga topshiriladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi siyosatchi.

Uning aniqlik kiritishicha, o‘z talablari bajarilishiga «qonuniy yo‘l bilan» bilan erishishni rejalashtirgan.

Avvalroq Saakashvili nima uchun Ukrainaga qaytib kelganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: