Norvegiyada sobiq politsiyachi korrupsiya uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jahon 20:08 / 18.09.2017 3211

Oslo okrug sudi 18 sentabrda korrupsiyada va Norvegiya hududidagi narkojinoyatlarga ko‘mak berishda ayblangan sobiq politsiyachi Erik Yyensenga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi. Hukmga ko‘ra, sobiq politsiyachi Norvegiyada mumkin bo‘lgan eng maksimal jazoga tortildi: u 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Yyensen ishi Norvegiya qirolligi politsiya xizmati tarixidagi eng yirik korruptsion mojarolardan biri bo‘ldi. Yyensen korrupsiyada gumon bilan 4 yil avval qo‘lga olingan. Ayblov tomonining ta'kidlashicha, politsiyachi 10 yildan ko‘proq vaqt davomida narkobaron Yyermund Kappelenga mamlakatga gashishning yirik partiyalarini olib kirishda yordam bergan va bu “xizmatlari” uchun mo‘maygina pul olgan. 

Yyensenga qarshi narkobaronning o‘zi ko‘rsatma bergan. Narkobaronning o‘zi esa 15 yillik qamoq jazosiga tortilgan. Politsiyachining o‘zi barcha ayblovlarni rad etgan va Kappelen axborot manbaigina bo‘lganini ta'kidlagan. Yyensen dastlabki hibsda 111 kun o‘tkazgan.

Yyensen advokatlari uni barcha ayblovlar bo‘yicha oqlashni talab qilishgan. Sudya hukmni eshittirayotib, ushbu ishda aybni yumshatuvchi holatlar topilmaganini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: