Google audio yordamida mobil pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ilovasini ishga tushirdi

Fan-texnika 17:18 / 18.09.2017 5193

Google Hindistonda iOS va Android'da ishlovchi ko‘p platformali Tez mobil to‘lov xizmatini ishga tushirdi. Android Pay'ning muqobili bo‘lgan dastur mahalliy Yagona to‘lovlar intrefeysiga ulanadi va foizsiz pul o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek bank kartalari va mobil hamyonlarga ulanish xizmatini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Hind tilida "tez" ma'nosini beruvchi ilova audiosignallar orqali bog‘lanuvchi ikki qurilma o‘rtasida tezkor pul o‘tkazish imkonini ham beradi. Bunda hech qanday raqamlar yoki bank hisob raqamlariga doir boshqa ma'lumotlar talab qilinmaydi. Tranzaksiyalar soni cheklangan: kuniga 20 martagacha pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. 

Tez shuningdek tijorat to‘lovlaridan foydalanishni ham ko‘zda tutadi. Foydalanauvchilar oflaynda sotuvchilar bilan hisob-kitob qilishlari mumkin bo‘ladi, bunda foydalanuvchilar sotuvchilarning QR-kodini telefon kamerasida skanerlashlari kerak bo‘ladi. Do‘konlar egalari onlaynda nafaqat tezkor to‘lovlarni qabul qilishlari, balki ilova orqali xaridorlar bilan matnli xabarlar yordamida muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Tijorat hisob raqamlari egalari uchun xizmatlar bepul bo‘ladi, faqat bir shart bilan - ularning operatsiyalari 50 ming rupiydan oshmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichdan o‘tgan taqdirda, foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazmalar uchun komissiya yecha boshlaydi. 

Google'da o‘tkazilgan tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga borib Hindistonda mobil to‘lov xizmatlari aylanmasi 0,5 milliard dollarga o‘sadi va mahalliy YaIMning 15 foizini tashkil qiladi. Yaqin bir necha yilda yuz millionlab hindlar mobil qurilmalarga ulanishlari kutilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: