ANONS: Ruhiy kasalliklar shifoxonasi atrofidagi «jinniliklar» mashmashasi: kim haq, kim nohaq?

O‘zbekiston 11:16 / 18.09.2017 23422

Shu yilning 14–16 sentabr kunlari KUN.UZ sayti maxsus muxbirlari Samarqand viloyatidan tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida ushbu viloyatga safar qildi.

Murojaatlardan biri Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasining bir guruh xodimlari hamda O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi deputatlik so‘rovi (Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputatlar guruhi surishtiruvlari asosida) tushgan edi.

Arznomani o‘rganish asnosida jurnalistik surishtiruv chog‘ida muxbirlarimiz ko‘plab «ajoyibot-g‘aroyibotlar»ga duch kelishgan. Qayd etish joizki, ayrim kishilar tomonidan jurnalistlarning vaziyatga xolis baho berishida ta'sir etishga urinishlar bo‘ldi. Bu haqda audio videolavhalar tayyorlanayapti. Keyingi chiqishlarimizda ushbu mavzuni batafsil yoritamiz.

KUN.UZ ijodiy jamoasi

Ko‘proq yangiliklar: