Yangi Nokia 9 flagmanining suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 16:35 / 18.09.2017 10370

Nokia kompaniyasi nafaqat Nokia 2 byudjyet smartfoni, balki ikki Zeiss kamera va Iris-skanerli Nokia 9 flagmanini ham taqdimot uchun tayyorlamoqda. LEAKS'da uning suratlari paydo bo‘ldi

Smartfon metall yoki shisha korpusga ega bo‘ladi. Barmoq izlari skaneri orqa tomonga joylashtiriladi, shunday ekan, Nokia 9 hoshiyasiz displey bilan ta'minlanishi ham mumkin. Barmoq izlari skaneriga muqobil sifatida Iris-skaner (ko‘z skaneri) paydo bo‘ladi. 

Nokia 9 flagman xususiyatlariga ega bo‘ladi. U Nokia 8'dagi kabi Carl Zeiss optikali ikki kamera bilan ta'minlanadi. Bu 12 Mp'li ikki modul bo‘lib, ularning biri oq-qoradir. Shuningdek smartfon Android 8.0 Oreo'li birinchi qurilmalardan biri bo‘lishi mumkin. 

Nokia 9 qurilmasining xususiyatlari:
Displey:
5,2 dyuym, 2560x1440 piksel;
Protsessor: Snapdragon 835;
Xotira: 4 Gb operativ va 64 Gb ichki;
Kamera: asosiy 12+12 Mp va frontal 12 Mp.

Bundan tashqari, Snapdragon 212 chipi va 4000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega Nokia 2 byudjyet smartfoni taqdimot uchun tayyorlanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: