Alek Bolduin Trampni taqlid qilib chiqqani uchun nufuzli mukofotni oldi 

Jamiyat 11:27 / 18.09.2017 14000

Amerikalik aktyor Alek Bolduin Saturday Night Live komediyali teleshousida AQSh prezidenti Donald Trampni qoyilmaqom tarzda taqlid qilib chiqqani uchun «Emmi» televizion mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.

Aktyor komediya yo‘nalishidagi serialda ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofotlandi.

«O‘ylashimcha, men «Mana, janob prezident, «Emmi» sizniki» deyishim kerak», - dedi Bolduin mukofotni qabul qilib olar ekan.

Aktyor shu tariqa Trampning bayonotini eslatib o‘tmoqchi bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti «O‘quvchi» realiti-shousida ishtirok etgani uchun «Emmi»ni olishi kerakligi haqida aytgandi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Donald Tramp unga hajviy taqlid qilgan Alek Bolduindan ranjigani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: