Somalilik oila 1500 funtli uydan voz kechib ko‘chada yashashni afzal ko‘rmoqda (suratlar)

Light 18:40 / 17.09.2017 18437

Mana uch yildirki, somalilik qochqinlar - ona va o‘g‘il London ko‘chalaridan birida yashab kelishmoqda. Mahalliy hukumat ularni yaqin oradagi ijtimoiy uy bilan ta'minlashga harakat qilishdi, biroq bari bekor... Somalidan kelgan oila nima uchundir ochiq osmon ostidagi o‘rindiqda qolishni ma'qul ko‘rmoqda. Flash Daily News mavzuga oid suratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Flashdailynews

Somalilik qochqinlar - 60 yoshlar atrofidagi ayol va uning 25-30 yoshlardagi o‘g‘li Londonning janubi-sharqidagi Tuting-Xay ko‘chasida joylashgan kutubxona yonidagi joyni yoqtirib qolishdi. 

Foto: Flashdailynews

Oila deyarli uch yildan beri ko‘chada yashab kelmoqda. Ular 2014 yilning dekabrida, to‘lov kiritmaganlik uchun kvartiradan quvildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular oila a'zosining kasalga chalinib, hayotdan ko‘z yumishi sababli ko‘chada qolishgan. 

Foto: Flashdailynews

Ularning odatiy kuni kunduzgi soat 11 atrofida uyg‘onish bilan boshlanadi - "Xayrli kun, London!"

Foto: Flashdailynews

Ba'zan yo‘lovchilar ularga oziq-ovqat va suv sotib olib berishadi. Afrikaliklar nonushtaga asosan asalli buterbrodlarni ma'qul ko‘rishadi. 

Foto: Flashdailynews

Britaniyada soyabonlar doim yordam beradi - ular ham London yomg‘irlari, ham quyosh nurlaridan himoya qiladi. 

Foto: SWNS

Oila deyarli uch yildan beri ochiq osmon ostida shunday sharoitda yashamoqda. Sovuq tunlarda adyolga o‘ranib olishadi, yomg‘ir va shamoldan brezent bilan himoyalanishadi. 

Foto: Flashdailynews

Ona-bola asosan tovuq go‘shti va qovurilgan kartoshka yeyishadi, qo‘shni qahvaxonalardan qahva ichishadi. Kunduzi ko‘cha bo‘ylab sayr qilishadi, ko‘p uxlashadi, ba'zan kitob o‘qishadi va mp3-pleyer tinglashadi. 

Foto: Flashdailynews

London shahar ma'muriyati boshpanasiz qolgan bu qochqinlarni uy-joy bilan ta'minlashga ko‘p urinmoqda. Poytaxt ma'muriyati ularga London janubi-g‘arbida joylashgan, ijarasi oyiga taxminan 1500 funt sterlingga tushadigan mebelli uy taklif qildi.

Foto: Wandsworth Council

Ijtimoiy uy mana bunday ko‘rinishda.

Foto: Wandsworth Council

Ona va bola ijtimoiy uyning ikki xil variantidan ham voz kechishdi. Shunisi qiziqki, uylarning biri oila 2014 yildan beri yashab kelayotgan Tuting-Xay ko‘chasida joylashgan bo‘lgan. 

Foto: Wandsworth Council

Britaniyada qochqinlar uy-joy va bepul tibbiy xizmat bilan ta'minlanadi. 

Foto: Flashdailynews

Biroq mag‘rur afrikaliklar yaqinlari va mahalliy Somali jamiyati chorlovlariga qaramay, nima uchundir ko‘chada yashashni afzal ko‘rishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: