Saakashvili Kiyevni “qutqarish”ni bir oy keyinga qoldirdi

Jahon 10:20 / 17.09.2017 12588

Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 17 oktabrda Kiyevga kelishini ma'lum qildi. U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozib o‘tdi.

Avval siyosatchi Kiyevga 19 sentabrda kelmoqchi edi.

“Biz faollarning tashabbusiga qo‘shilib, 17 oktabrda Kiyevda uchta talab bilan yig‘ilmoqchimiz: aksilkorruptsion sudlar yaratilishi, deputatlik daxlsizligining bekor qilinishi, yangi saylov qonunining qabul qilinishi. Qolgan talablarni esa butun Ukraina bo‘ylab 17-sanagacha yig‘amiz”, deb yozgan Saakashvili.

Avvalroq Saakashvili Kiyevni “zudlik bilan qutqarish kerakligini” aytgandi va shu sababli Ukrainaning bir nechta shahriga tashrif buyurgach, 19 sentabrda Oliy Rada binosi yonida namoyish uyushtirmoqchi bo‘lgan. 

Ukraina fuqaroligidan mahrum bo‘lgan Saakashvili 10 sentabrda tarafdorlari qurshovida Polsha bilan chegaradagi kordonni yorib o‘tib, Ukraina hududiga o‘tgandi. Ushbu holat yuzasidan 4 ta, jumladan chegaradan odamlarni noqonuniy o‘tkazish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: