Bundesliga. Markaziy uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi

Sport 00:22 / 17.09.2017 4506

Germaniya bundesligasining 4-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «RB Leyptsig» «Borussiya» Myongxengladbaxni qabul qildi.

Uchrashuvda avvaliga Timo Verner, keyinroq Jan-Kevin Ogyusten mezbonlarni hisobda oldingi olib chiqqan bo‘lishiga qaramasdan, mehmonlar Torgan Azar (penaltidan) va Lars Shtindlning goli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu durangdan so‘ng «RB Leyptsig» 7 ochko to‘plabYu Bundesliga turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi, «Borussiya» M esa (5 ochko) — 10-pog‘onani band etgan.

Germaniya bundesligasi, 4-tur

RB Leyptsig – Borussiya M 2:2 (2:1)

Gollar: Verner (17), Ogyusten (31) – Azar (25, penalti), Shtindl (61).
RB Leyptsig: Gulachi, Klostermann, Ilzanker, Upamekano, Bernardo, Laymer, Keyta, Kampl (Bruma, 76), Forsberg (Poulsen, 85), Ogyusten (Demme, 58), Verner.
Borussiya M: Zommer, Elvedi, Ginter, Vestergor, Vendt, Xofmann (Xerrmann, 46), Kramer, Zakariya, Azar, Raffael, Shtindl.
Ogohantirishlar: Shtindl (67), Verner (90).
Chetlatish: Keyta (83, Liverpul).

Ko‘proq yangiliklar: