«Barselona»: Dembele 4 oy futbol o‘ynay olmasligi mumkin

Sport 18:10 / 17.09.2017 13219

«Barselona» yarim himoyachisi Usmon Dembele Ispaniya chempionatining 4-turida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda olgan jarohat juda jiddiy bo‘lib chiqmoqda. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.

20 yoshli futbolchi chap oyog‘ining son qismidagi mushaklaridan biri uzilib ketgan.

Dembele jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lishi uchun 3,5-4 oy talab etishi kutilmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda ushbu futbolchi 3 hafta maydonga tusha olmasligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dembele yozgi transferlar vaqtida «Barselona»ga Dortmundning «Borussiya» klubidan kelib qo‘shilgandi. Uning transferi uchun kataloniyaliklar jamoasi 105 mln yevro mablag‘ to‘lagan va qo‘shimcha bonuslar va'da qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: