Turkiya Iroq Kurdistonida referendum o‘tkazilishi munosabati bilan harakatlar rejasini ma'lum qiladi

Jahon 07:24 / 16.09.2017 3629

Turkiya 22 sentabrda milliy xavfsizlik kengashi va vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin Iroq Kurdistonida mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishi munosabati bilan harakatlar rejasini e'lon qiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.  

Iroq Kurdistoni muxtoriyati hukumati Iroqning markaziy hukumati fikrini inobatga olmay, bir tomonlama ravishda Iroqdan ajrab chiqish bo‘yicha 25 sentabrga referendum o‘tkazishni belgilagan. Bag‘dodda referendum noqonuniy ekanligi aytilmoqda. Iroq parlamenti ham referendumga qarshi ovoz bergan.

“Iroq Kurdistoni rahbari Mas'ud Barzoniyning referendumni bekor qilmaslik qarori yomondir. Biz 350 km lik chegaraga ega bo‘lgan Iroqning hududiy yaxlitligini saqlab qolish masalasi biz uchun juda nozik masala ekanligi ma'lumdir. Biz shu munosabat bilan 22 sentabrdagi yig‘ilishdan keyin harakatlar rejamizni e'lon qilamiz”, deb aytan Erdo‘g‘an Ahaber telekanaliga bergan intervyusida.

U Eron va Turkiya referendumga qarshi chiqayotgan Iroq hukumati pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashlarini ta'kidlab o‘tdi. “U yerda turkmanlar, arablar yashaydi. Agar siz ularga e'tibor bermasangiz va Iroq hududiy yaxlitligiga tahdid qilmasangiz, unda buni hamma ham qo‘llab-quvvatlamaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Ko‘proq yangiliklar: