La-liga. «Barselona» iroda ko‘rsatdi. Qutqaruvchi rolida - Paulino

Sport 21:33 / 16.09.2017 12998

Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida peshqadam «Barselona» «Xetafe» mehmoni bo‘ldi.

Juda murakkab kechgan uchrashuvda avvaliga mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Yaponiyalik Shibasakining goliga kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda Denis Suaresning goli bilan javob qaytardi. O‘yinning so‘nggi qismida esa zaxiradan maydonga tushgan Paulinoning goli «Barselona» qiyin, ammo muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 12taga yetdi. Yuz foizlik natija ko‘rsatib turgan Ernesto Valverde jamoasi turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Ispaniya la-ligasi, 4-tur

Xetafe – Barselona 1:2 (1:0)
Gollar:
 Shibasaki (39) – Denis Suares (62), Paulino (84).
Xetafe: Guaita, Dakonam, Antunesh, Suares, Kala, Fajr, Bergara, Arambarri (Portilo, 85), Sibasaki (Alvaro, 54), Dediu (Mora, 71), Molina.
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich (Paulino, 77), Serdji Roberto, Inesta (Denis Suares, 46), Buskets, Dembele (Deulofeu, 29), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Pike (10), Kala (32), Deulofeu (53), Alba (66), Suares (73), Suares (88).

Ko‘proq yangiliklar: