Fotoreportaj: Qozog‘iston milliy mahsulotlari, avtomobillari, harbiy texnikasi O‘zbekistonda

O‘zbekiston 16:11 / 16.09.2017 32078

Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 15-17 sentabr kunlari Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi. 

Bugun, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev  ko‘rgazmaga tashrif buyurib, ekspozitsiyalar bilan tanishishdi. 

Mazkur ko‘rgazmada Qozog‘istonning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalarining mahsulotlari bilan tanishish mumkin. 

Ko‘rgazma mehmonlari Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan "Peugeot", "Lada" kabi yengil avtomobillar, "JAC" elektromobillarini ham tomosha qilishlari mumkin. 

Shuni ham qayd etish kerakki, Qozog‘iston O‘zbekistonda ilk marotaba maxsus harbiy texnika mahsulotlarini namoyish etmoqda.

KUN.UZ muxbirining ko‘rgazmadan tayyorlagan maxsus fotoreportajini tomosha qiling.

Ko‘proq yangiliklar: