Eron: AQShning eng kuchli noyadroviy qurolidan qudratliroq bombaga egamiz  

Jahon 16:22 / 16.09.2017 10930

Eron AQShning eng kuchli noyadroviy qurolidan ham qudratli bo‘lgan 10 tonnalik snaryadlarga ega. Bu haqda islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda ma'lum qildi.

«Bizda 10 tonnalik bombalar bor. Ular Ilyushin samolyotlaridan chiqarilishi mumkin, hamda ular juda katta vayronalarga olib keladi», - deya Hojizodaning so‘zlarini keltiradi Press TV.

U bu qurolni «barcha bombalarning otasi» deb atagan.

Joriy yilning aprel oyida AQSh harbiy-havo kuchlari eng kuchli noyadroviy bomba deb e'tirof etiluvchi GBU-43/B bombasini sinovdan o‘tkazishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: