Chexiya tashqi ishlar vaziri yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Jamiyat 09:35 / 16.09.2017 3290

Chexiya tashqi ishlar vaziri Lubomir Zaoralek bo‘lgan Audi A8 avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Novinky.cz portali TIV vakili Irena Valentovaga asosan xabar bergan.

«Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tashqi ishlar vaziri jarohatlandi, u Brno shahridagi shifoxonaga olib ketildi. U boshidan jarohat oldi, biroq hozirda ahvoli umuman olganda barqaror. Shifoxonadan unga uyda davolanishi uchun javob berib yuborishdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Valentova.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa Chexiya janubi-sharqida yuz bergan.

Bundan tashqari, ma'lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Avvalroq, NATO bosh kotibi korteji Polshada yo‘l-transport hodisasiga uchragani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: