Buffonda uchta yo‘l bor

Sport 21:11 / 16.09.2017 9847

«Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon uchun 2017/18 yilgi mavsum katta ehtimol bilan uning faoliyatidagi so‘ngisi bo‘ladi. Unda kelajagi borasida bir qancha variantlar paydo bo‘lgan, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, mavsum yakuniga yetgach, 39 yoshli italiyalik futbolchi  hozirgi klubida, Italiya futbol federatsiyasi yoki FIFAda ish boshlashi mumkin. Agar Buffon «Yuventus» strukturasida qoladigan bo‘lsa, klub direktorlar kengashidagi lavozimlardan birini egallaydi. Italiya futbol Federatsiya milliy terma jamoaning tashkiliy masalalari bo‘yicha lavozimga tayinlashni istayotgan bo‘lsa, FIFA rahbari Janni Infantino Janluidjini futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida taklif qilgan.

Bundan tashqari Buffonda faoliyatini MLS — AQSh chempionatida davom ettirish imkoniyati ham mavjud. Shimoliy Amerika klublari ichida unga qiziqayotganlar orasida Buffonning sobiq jamoadoshi Andrea Pirlo to‘p surayotgan «Nyu-York Siti jamoasi nomi ham  tilga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: